Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida

Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Oldingi tahrirga qarang.

2-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilik

Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalar — nogironligi boʻlganidan yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida eʼtiboriga muhtoj boʻlgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha taʼlim va tarbiya xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilot;

inklyuziv taʼlim va tarbiya — bolalarning alohida taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan jarayon;

maktabgacha boʻlgan yosh — bolalarning tugʻilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish boshlangan paytga qadar boʻlgan yoshi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya — bolalarga taʼlim va tarbiya berishga, ularni intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlim turi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti — taʼlim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;

maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi — bola tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan asosiy bilimlarning, mahorat va koʻnikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek taʼlim va tarbiya mazmunining oʻziga xosligini, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat;

maktabgacha taʼlim tashkiloti — maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim va tarbiya xizmatlari koʻrsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti;

nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti — nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim va tarbiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;

pedagogning kasbiy standarti — maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va koʻnikmalariga doir asosiy talablar majmui;

taʼlim va tarbiyaning muqobil shakli — maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimidagi innovatsion taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.

4-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy prinsiplari

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

har bir bola uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;

har bir bolaning isteʼdodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga taʼlim, tarbiya berish va ularni sogʻlomlashtirishning, oila hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyaviy taʼsirining birligi;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish uygʻunligi;

bolaning shaxsini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan shaxsiy yondashuv;

maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimning izchilligi hamda uzluksizligi;

taʼlim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;

taʼlim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sogʻligʻi holatiga muvofiqligi.

5-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

har bir bolaning maktabgacha taʼlim va tarbiya olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini taʼminlash;

bolalarning maktabgacha taʼlim va tarbiyaga toʻliq qamrab olinishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolaning rivojlanishida, maktabgacha taʼlim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam koʻrsatish;

bolalarning, shu jumladan alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

taʼlim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;

maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

6-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari

Har bir bola maktabgacha taʼlim va tarbiya olish huquqiga ega.

Davlat har bir bolaning umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqini kafolatlaydi.

 LexUZ sharhi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni 15-bandining ikkinchi xatboshisi.

Bolaning maktabgacha taʼlim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari negizida maktabgacha taʼlim va tarbiya xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek taʼlim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali taʼminlanadi.

2-bob. Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasini tartibga solish

7-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar

Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

Oldingi tahrirga qarang.

(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;

oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonunchilikka muvofiq maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.

(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;

 LexUZ sharhi

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi;

 LexUZ sharhi

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 475-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli qarori.

maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

(10-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:

(10-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;

(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;

maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ilgʻor pedagogik texnologiyalarni oʻrganadi, umumlashtiradi va taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻquv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni taʼminlaydi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi statistika maʼlumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini taʼminlaydi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam koʻrsatadi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini koʻradi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;

nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga maktabgacha taʼlimning nodavlat taʼlim xizmatlarini (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) koʻrsatish sohasidagi faoliyati uchun litsenziyalar beradi;

(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuniga asosan oʻn sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi.

(10-modda birinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi OʻRQ-823-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;

(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar toʻplamini belgilaydi;

(11-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarni sogʻlomlashtirishga qaratilgan davolash-sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

12-modda. Oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakolatlari

Oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;

(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishuvga koʻra oʻz tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi.

(12-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;

(13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sogʻligʻi muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga koʻmaklashadi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishuvga koʻra tegishli hududda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi.

(13-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

aholi oʻrtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

3-bob. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining turlari

15-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi

Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

maktabgacha taʼlim tashkilotlari;

taʼlim berishning muqobil shakllari;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va taʼlim tashkilotlari;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar.

16-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotining maqomi

Maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti boʻlishi mumkin.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizom.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

17-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining turlari

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagi turlar boʻyicha tashkil etiladi:

umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti;

koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti;

inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti;

qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti.

Umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotining umumiy rivojlantirish yoʻnalishidagi guruhlarida maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning alohida taʼlim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sogʻlom muhitga uygʻunlashtirish orqali taʼlim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar taʼminlanadi.

Qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda oʻqishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa turlarda ham tashkil etilishi mumkin.

(17-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.

4-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish

18-modda. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.

Quyidagilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislaridir:

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Oldingi tahrirga qarang.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonunchilikka muvofiq davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.

(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

19-modda. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish

Oldingi tahrirga qarang.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav hamda maktabgacha taʼlimning nodavlat taʼlim xizmatlarini (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) koʻrsatish sohasidagi faoliyati uchun litsenziya asosida amalga oshiradi.

(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.

20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim xizmatlari koʻrsatish

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti shaklida taʼlim xizmatlari koʻrsatadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilganidan keyin maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga haqli.

(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koʻpi bilan ellik nafar maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolaning taʼlim va tarbiya olishiga yoʻl qoʻyiladi.

(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi OʻRQ-823-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son)

 LexUZ sharhi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida nizom.

21-modda. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlimning nodavlat taʼlim xizmatlarini (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xizmatlari mustasno) koʻrsatish sohasidagi faoliyati uchun litsenziya yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin beriladi.

(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

22-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-sonli “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.

23-modda. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari:

shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;

turar joy majmualari qurilganda;

Oldingi tahrirga qarang.

tegishli hududda maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning qonunchilikda belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.

(23-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bir nechta koʻp kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat boʻlgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta oʻrindan kelib chiqqan holda maktabgacha taʼlim tashkilotining mavjud boʻlishi shartligi nazarda tutiladi.

 LexUZ sharhi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.

24-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotining huquq va majburiyatlari

Maktabgacha taʼlim tashkiloti:

maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi asosida oʻz taʼlim dasturini ishlab chiqishga;

bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qoʻshimcha pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatishga;

bolaning qonuniy vakillari bilan taʼlim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Maktabgacha taʼlim tashkiloti:

davlat maktabgacha taʼlim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha taʼlim darajasini taʼminlashi;

bolalarning rivojlanishi, taʼlim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;

bolaga taʼlim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berishi;

bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

25-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan toʻlovlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish ularning muassislari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qoʻshimcha pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatishga haqli.

 LexUZ sharhi

Qarang: Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻshimcha pullik taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (18.01.2019-y., roʻyxat raqami 3123).

Oldingi tahrirga qarang.

26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi

(26-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyat koʻrsatadi.

(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanilmaydigan koʻchmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning 100 foizi;

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan budjet mablagʻlarining qonunga xilof xarajatlari, oʻgʻriliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;

(26-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;

xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda texnik jihatdan koʻmaklashish vositalari;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

(26-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli roʻyxatlariga kiritgan holda, ularning tarmogʻini kengaytirishga;

maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga;

Oldingi tahrirga qarang.

yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ishlash uchun jalb qilishga;

(26-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy muassasalar hamda oliy taʼlim tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;

(26-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlarini oʻqitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;

(26-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini jihozlash va taʼmirlashga;

(26-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.

(26-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.

(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1027-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom.

27-modda. Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborotni yigʻish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.

(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritish barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun majburiydir.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar boʻladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.

(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

5-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish

28-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun majburiydir.

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya berish sohasidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha taʼlim tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga olinishi shart.

29-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi bolani toʻlaqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini taʼminlaydi.

Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi:

bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;

bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;

bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning urf-odatlari va anʼanalari bilan tanishtirishni;

bolaning ijtimoiy moslashuvini;

alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va tibbiy-psixologik ishlar amalga oshirilishini;

bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashni taʼminlashi kerak.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim va tarbiya olishi maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar boʻyicha amalga oshiriladi.

30-modda. Taʼlim berish tili

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish tili “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.

31-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish rejimi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning boʻlishi davomiyligiga qarab:

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);

toʻliq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar boʻlishi mumkin.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining:

bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;

bolalar 9 — 10,5 soat boʻladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;

bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun sutkalik uyquning tavsiya etiladigan umumiy davomiyligi muddati 12 — 12,5 soatni tashkil etadi, shundan 2 — 2,5 soatni kunduzgi uyqu uchun ajratish tavsiya qilinadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining ish rejimi va bolalarning unda boʻlishi davomiyligi uning ustavida belgilanadi.

6-bob. Maktabgacha boʻlgan yosh davrlari. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish

32-modda. Maktabgacha boʻlgan yosh va uning davrlari

Maktabgacha boʻlgan yosh bola shaxsining jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan shakllanishining asosiy davridir.

Maktabgacha boʻlgan yosh quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

goʻdaklik (tugʻilganidan bir yoshgacha);

ilk bolalik (bir yoshdan uch yoshgacha);

maktabgacha boʻlgan kichik yosh (uch yoshdan toʻrt yoshgacha);

maktabgacha boʻlgan oʻrtacha yosh (toʻrt yoshdan besh yoshgacha);

maktabgacha boʻlgan katta yosh (besh yoshdan yetti yoshgacha).

33-modda. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish

Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruhlarga bolalarni qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari huzuridagi tibbiy-ruhiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida, bolaning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.

(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va ulardan chiqarish nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.

34-modda. Maktabgacha taʼlim tashkiloti guruhlarini toʻldirish

Guruh maktabgacha taʼlim tashkilotining tarkibiy birligidir.

Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir boʻlmagan toifalar boʻyicha toʻldirilishi mumkin.

Guruhlar yoshga doir toifalar boʻyicha toʻldirilganda quyidagi yosh toifalari belgilanadi:

ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha);

kichik guruh (uch yoshdan toʻrt yoshgacha);

oʻrta guruh (toʻrt yoshdan besh yoshgacha);

katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha);

maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha).

Maktabgacha taʼlim tashkiloti guruhlarini toʻldirish va bolalarni bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.

Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar tegishli ravishda quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar guruhlarida — koʻpi bilan oʻttiz nafar bola;

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan oʻttiz nafar bola;

turli yoshdagilar guruhlarida — koʻpi bilan yigirma besh nafar bola;

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola.

Oldingi tahrirga qarang.

Agar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan yerda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar soni yigirma nafardan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

(34-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishuvga koʻra guruhlarni ularni toʻldirishning eng koʻp miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

(34-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlashga, ularning tuzilishiga va ulardagi ish rejimini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda ularning muassisi tomonidan belgilanadi.

Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

kar bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

koʻzi ojiz bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

koʻzi yaxshi koʻrmaydigan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn sakkiz nafar bola;

gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

bolalar serebral falaji sindromi asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

yengil darajada aqli zaif boʻlgan aqliy nuqsonlari bor bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola, oʻrtamiyona va oʻrtacha darajada aqli zaif boʻlgan aqliy nuqsonlari bor bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

aqliy rivojlanishi kechikayotgan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

murakkab nuqsonlari (ikki va undan ortiq nuqsoni) boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola.

Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkilotida guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

1) uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan ikki yoshdan uch yoshgacha koʻpi bilan uch nafar bola;

2) uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda:

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan (yaxshi koʻra olmaydigan yoki yaxshi eshita olmaydigan yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan) koʻpi bilan uch nafar bola;

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan (koʻrish ambliopiyasiga chalingan, koʻzi gʻilay yoki nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan yoki autizmga chalingan) koʻpi bilan ikki nafar bola;

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan koʻpi bilan uch nafar bola;

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan ruhiy rivojlanishida kechikayotgan koʻpi bilan uch nafar bola.

Qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

qulogʻi kar bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

qulogʻi yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

koʻzi ojiz bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

koʻzi yaxshi koʻrmaydigan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn sakkiz nafar bola;

gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

bolalar serebral falaji sindromi asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola;

murakkab nuqsonlari (ikki va undan ortiq nuqsoni) boʻlgan bolalar uchun guruhlarda — koʻpi bilan oʻn nafar bola.

Oldingi tahrirga qarang.

35-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq toʻlash

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq toʻlash qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻzi koʻrsatayotgan maktabgacha taʼlim va tarbiya xizmatlari qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan oilalarning bolalarini parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq toʻlash imtiyozli shartlarda qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.

(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: “Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom va uning ilovasi” (23.08.2016-y., roʻyxat raqami 2821).

7-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari

36-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bola;

bolaning qonuniy vakillari;

pedagog xodimlar.

Maktabgacha taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.

37-modda. Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning huquqlari

Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar quyidagi huquqlarga ega:

davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish;

sogʻliq uchun xavfsiz boʻlgan sharoitlarda taʼlim olish va tarbiyalanish;

sogʻlom turmush tarzini olib borish, bolalarni mehnat qilishga majburlashning har qanday shakllaridan, jismoniy va ruhiy zoʻravonlikdan, oʻz shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishidan himoyalanish;

oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazadigan axborotdan himoyalanish;

umumiy oʻrta taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtish.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha yoshdagi bolalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

38-modda. Bolaning qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari

Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:

bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

oʻz bolasi uchun maktabgacha taʼlim shaklini va taʼlim olish tilini tanlash;

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha taʼlim tashkilotlari maʼmuriyatidan maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar taʼminlanishini talab qilish;

(38-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolani rivojlantirish, unga maktabgacha taʼlim va tarbiya berish masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat qilish;

bolaga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;

maktabgacha taʼlim tashkilotidagi taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilishida ishtirok etish;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish.

Oldingi tahrirga qarang.

Bolaning qonuniy vakillari qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bolaning qonuniy vakillari:

bolaning jismoniy sogʻligʻi, ruhiy holati haqida qaygʻurishi, uning tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va isteʼdodlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;

bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim va tarbiya olishiga koʻmaklashishi yoki uning oilada taʼlim va tarbiya olishini taʼminlashi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni boshqa ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi;

bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashi;

oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, taʼlim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Bolaning qonuniy vakillarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

(38-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga kirguniga qadar umumiy oʻrta taʼlimga bir yillik majburiy tayyorgarlik koʻrishi uchun javobgarlik ularning qonuniy vakillari zimmasiga yuklatiladi.

39-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari:

kasbiy shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish;

ijodiy tashabbus koʻrsatish, taʼlim va tarbiya uslubiyotlarini, oʻquv qoʻllanmalari hamda taʼlim vositalarini erkin tanlash;

maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish;

maktabgacha taʼlim tashkilotining taʼlim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirilish;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

(39-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlmagan ish turlariga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari:

bolalarga professional darajada taʼlim va tarbiya berishi;

pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishi, bolalarni zoʻravonlik koʻrinishlaridan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashi;

maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini bajarishi;

oʻz malakasini oshirishi;

oʻz kasbiy koʻnikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

(39-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Taʼlim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonunchilikka zid boʻlgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.

(39-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

40-modda. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun haftalik ish yuklamasining miqdorlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

(40-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normalangan davomiyligining bir yarim baravari miqdoridan oshmasligi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunchilikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarining ayrim toifalari uchun haftalik ish yuklamasining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.

(40-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

41-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va dam olishi

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori va tartibi qonunchilikda belgilanadi.

(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari quyidagilar asosida shakllantiriladi:

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimining lavozimi va malaka toifasiga muvofiq belgilangan bazaviy tarif stavkalari;

lavozim maoshlariga ustamalar va qoʻshimcha haqlar.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi:

oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega mutaxassis;

bakalavr darajasiga yoki oliy taʼlim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy maʼlumotga ega mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy taʼlim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy maʼlumotga ega ikkinchi toifali mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy taʼlim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy maʼlumotga ega birinchi toifali mutaxassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy taʼlim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy maʼlumotga ega oliy toifali mutaxassis.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq toʻlanadigan taʼtil va qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

(41-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

42-modda. Pedagogning kasbiy standarti

Ish beruvchilar tomonidan pedagogning kasbiy standarti:

kadrlar siyosatini shakllantirish;

pedagog kadrlarni ishga qabul qilish;

mehnat shartnomalarini tuzish;

lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish;

mehnatga haq toʻlash;

pedagoglar oʻqishini tashkil etish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish chogʻida qoʻllaniladi.

Pedagogning kasbiy standarti hududlarning madaniy, demografik va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda talablar bilan toʻldirilishi mumkin.

Pedagogning kasbiy standarti pedagogning shaxsiy sifatlariga nisbatan uning bilimlari, mahorati va koʻnikmalaridan ajralmas boʻlgan talablar qoʻyadi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Pedagogning malaka toifasi pedagogning kasbiy standartiga muvofiq beriladi.

43-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi aniqlanadi va uning malaka toifasi belgilanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.

44-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar

Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.

Ilgari oʻzining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.

Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.

8-bob. Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish

45-modda. Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni taʼminlash

Davlat maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, sogʻligʻining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj boʻlgan bolalarning, shuningdek kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlaydi.

Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar boʻlgan bolalarga qarab turish qisman yoki toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.

Yetim bolalarga va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.

Koʻrish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj boʻlgan bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan taʼminlanadi.

46-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq boʻlgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, uning hududiy boʻlinmalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.

47-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻligʻini saqlash

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻligʻini saqlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

birinchi tibbiy yordam koʻrsatish;

maqbul oʻquv yuklamasini belgilash;

sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini targʻib qilish, shakllantirish va oʻrgatish;

sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;

kun tartibiga rioya etish;

sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish;

jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.

Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yoki tegishli sogʻliqni saqlash muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan koʻrsatiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari maktabgacha va maktab taʼlimi organlari bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sogʻliqni saqlash organlari maktabgacha va maktab taʼlimi organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning sogʻligʻi holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) taʼminlaydi.

(47-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tibbiy xodimlari sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi, shuningdek maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davolash-profilaktika chora-tadbirlari oʻtkazilishi uchun javobgar boʻladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom (14.05.2018-y., roʻyxat raqami 3012).

9-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi

48-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarish

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:

pedagogik kengash;

kuzatuv kengashi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarish tartibi uning taʼsis hujjatlarida belgilanadi.

49-modda. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagogik kengashi

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat boʻlgan, uning pedagogik faoliyati bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga oshiradigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagogik kengashi:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining va pedagog xodimlarining hisobotlarini eshitadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

50-modda. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga taʼlim berishga koʻmaklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, oʻz xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga kelishishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi;

(50-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablagʻlaridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;

Oldingi tahrirga qarang.

tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlarini va boshqa xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.

(50-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(50-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.

(50-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom (03.12.2018-y., roʻyxat raqami 3094).

51-modda. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari

Direktor davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbaridir.

Direktor davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.

10-bob. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy taʼminoti. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash vazifalari

52-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy taʼminoti

Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy taʼminotini quyidagilar amalga oshiradi:

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;

(52-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim tashkilotlari;

Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari).

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 418-son qarori.

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy taʼminotini qonunchilikka muvofiq boshqa ilmiy va taʼlim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin.

(52-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

53-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash vazifalari

Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash vazifalari quyidagilardan iborat:

taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;

maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

maktabgacha taʼlim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan taʼlim uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash.

11-bob. Yakunlovchi qoidalar

54-modda. Nizolarni hal etish

Oldingi tahrirga qarang.

Maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

(54-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

55-modda. Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash

Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

(56-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)

Oldingi tahrirga qarang.

57-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

(57-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.

Comments

No comments yet. Why don’t you start the discussion?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan