Sherobod tumani 40-sonli DMTTda navbatdagi “Kelajak soati” tadbiri doirasida tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari uchun kasbga yo‘naltirish mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida bolajonlar turli kasblar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirda shifokorlik kasbi alohida tanlab olinib, uning jamiyatdagi o‘rni, mas’uliyati va inson salomatligini asrashdagi ahamiyati bolalarga sodda va tushunarli tarzda tushuntirib berildi.
Mashg‘ulot bolalarda kelajak kasblariga nisbatan qiziqish uyg‘otdi va faol ishtirok bilan o‘tdi.
Direktor: Saidova Gulshoda
Tarbiyachi: Boymamatova Durdona

