Sherobod tumanidagi 40-sonli DMTTda “Kelajak soati” doirasida kasbga yo‘naltirish mashg‘uloti o‘tkazildi

Sherobod tumanidagi 40-sonli DMTTda “Kelajak soati” doirasida kasbga yo‘naltirish mashg‘uloti o‘tkazildi

Sherobod tumani 40-sonli DMTTda navbatdagi “Kelajak soati” tadbiri doirasida tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari uchun kasbga yo‘naltirish mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida bolajonlar turli kasblar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirda shifokorlik kasbi alohida tanlab olinib, uning jamiyatdagi o‘rni, mas’uliyati va inson salomatligini asrashdagi ahamiyati bolalarga sodda va tushunarli tarzda tushuntirib berildi.

Mashg‘ulot bolalarda kelajak kasblariga nisbatan qiziqish uyg‘otdi va faol ishtirok bilan o‘tdi.

Direktor: Saidova Gulshoda
Tarbiyachi: Boymamatova Durdona

Comments

No comments yet. Why don’t you start the discussion?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan