Sherobod tumanidagi 40-sonli DMTTda navbatdagi “Kelajak soati” doirasida tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari uchun kasbga yo‘naltirish mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida bolalar turli kasblar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi va oshpazlik kasbi tanlab olindi.

Amaliy qismda tarbiyalanuvchilar pomidor va bodring mahsulotlaridan salat tayyorlashdi. Jarayon davomida bolalarga pichoqdan ehtiyotkorona foydalanish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi va xavfsizlik qoidalari tushuntirildi.
Direktor: Saidova Gulshoda
Tarbiyachi: Boymamatova Durdona

